Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Maktab faoliyati deputat nazoratida.

Maktab faoliyati deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan berilgan 24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, maktabning moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun tashkil etilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan maktabning zamonaviy o‘quv binolari, sport zallari va ulardagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, sport inshootlarining holati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud infratuzilmani sport obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1