Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Farxod Xojiyev tomonidan G‘ozg‘on shahar 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq holat o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida muassasa hududida issiq va sovuq suv tarmoqlarini tortish ishlari uchun qazilgan transheyalar uzoq muddat davomida ochiq holda qoldirilgani, ayrim joylarda xavfsizlik to‘siqlari hamda ogohlantiruvchi belgilar yetarli darajada o‘rnatilmagani aniqlandi.

Mazkur holat:

bolalarning chuqurlikka yiqilib tushishi va tan jarohati olishi;
nazoratsiz hududlarga kirib ketishi;
favqulodda holatlarda evakuatsiya yo‘llarining cheklanishi;
sanitariya-gigiyena holatining yomonlashishi kabi salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan G‘ozg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. M.Qo‘shoqov nomiga deputat so‘rovi yuborilib, bolalar xavfsizligiga tahdid soluvchi omillarni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatiga huquqiy baho berish hamda ko‘rilayotgan choralar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar, ayniqsa yosh avlodning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3