Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Saidova tomonidan shahardagi “Tumar” MFYda bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tegishli hujjatlar yuritilishi holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–406-son, 2016-yil 14-sentyabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

️ yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar;
️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati;
️yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish;
️sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
tegishli hujjatlarning yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3