Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
“Yashil makon” loyihasi doirasida hudud o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, shahar Kengashi deputati X.Abdullayev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Rayxon MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad hududda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun maqbul yer maydonlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni baholash hamda loyiha doirasidagi ishlarni samarali tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda shuningdek, Qo‘qon shahar ekologiya bo‘limi rahbari, “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha inspeksiya mutaxassislari ham ishtirok etib, hududning ekologik holati, yer maydonlarining holati va ko‘chat ekish imkoniyatlari yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

O‘rganish davomida tanlangan yer maydonlarining infratuzilmaga yaqinligi, sug‘orish imkoniyatlari hamda kelgusida yashil hududlarni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda yashil maydonlar hajmini kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

“Yashil makon” loyihasi — shahrimizning ekologik barqarorligini ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va kelajak avlod uchun musaffo atrof-muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6