Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri tashkil etildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Monitoring davomida Tug‘onboshi MFY, O.Dodxox ko‘chasi 25a-uyda istiqomat qiluvchi D.Uraimova xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan mazkur loyiha bo‘yicha tegishli hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, foydalanilayotgan materiallar sifati, ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mutasaddilarga ishlar sifatini yuqori darajada ta’minlash va qurilish jarayonini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4