Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Bektemir tumanida yuzaga kelgan holat deputat nazoratida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bektemir tumanida yuzaga kelgan holat deputat nazoratida

🏛 Bektemir tumanining “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Chirchiq daryosi suv inshooti yaqinida beton qoplamaning qisman o‘pirilishi holati kuzatildi. Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan zudlik bilan maxsus shtab tashkil etilib, hududda xavfsizlikni ta’minlash va sohilni mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar boshlab yuborildi.

🔍 Holatni joyida o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov volontyorlar bilan birgalikda voqea joyiga tashrif buyurdi. O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan muhandislik va tiklash ishlari, xavfsizlik choralarining tashkil etilishi hamda mutasaddi idoralar tomonidan ko‘rilayotgan amaliy tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilinib, hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda mustahkamlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Hozirda vaziyat Toshkent shahar hokimligi va tegishli mas’ul idoralar tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, sohilni mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish bo‘yicha zarur ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6