Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Xo‘ja Hasan saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Saroy mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan faoliyatni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada yil boshidan buyon 25 ta mikroloyiha amalga oshirilgani, buning natijasida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga xizmat qilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, mahallada 6 ta kambag‘al oila hamda 10 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi, ularning muammolarini hal etish va doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Yil boshidan buyon 45 nafar fuqaroga jami 761 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va oilaviy daromadlarini oshirishiga ko‘maklashilgan.

Slide 1 of 3