Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
7-son oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish va uning 100 qatnovli binosini 2-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish ishlari deputatlar tomonidan manzilli o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Marg‘ilon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu vazifalarning ijrosi ustidan mahalliy Kengash deputatlari tomonidan muntazam nazorat olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Sh.Madaminova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-sonli “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandiga muvofiq olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida 7-son oilaviy poliklinika binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari, qurilishning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyiha yakunlangach, muassasaning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilanib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va qulayligi oshishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5