Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI: 173-SONLI MTTDAGI MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI

O‘rganish davomida muassasa binosidagi deraza va eshik romlari eskirgani, ayrim qismlarining texnik holati talab darajasida emasligi aniqlangan.

Mazkur holat kuz-qish mavsumida xonalarda issiqlikni saqlash, energiya sarfini kamaytirish hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiriga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida 173-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidagi deraza va eshik romlari holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, eskirgan qismlarni ta’mirlash yoki almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.

✅ Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga ko‘maklashishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3