Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Chiqindilar yig‘ish punkti holati

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tumanning “Istiqlol” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi chiqindi yig‘ish punkti holati hamda qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida chiqindi yig‘ish punktida yaratilgan sanitariya sharoitlari, chiqindi konteynerlarining texnik holati, ularning yetarli yoki yetarli emasligi, hududlarda tozalikka rioya qilinishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ayrim hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib ketilmayotgani, konteynerlar atrofida chiqindilar to‘planib qolayotgani aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

🔵Deputat tomonidan mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, sanitariya holatini yaxshilash, konteynerlar sonini ko‘paytirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔵Shuningdek, mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududlarda doimiy nazoratni kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2