Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududdagi infratuzilma masalalari o‘rganildi.

O'rganish davomida mahalla hududidagi mavjud infratuzilma muammolari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Dang‘ara ko‘chasiga qo‘shimcha 12 ta simyog‘och o‘rnatilishi zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Dang‘ara va Mirishkor ko‘chalari aholisiga elektr energiyasi yetkazib berayotgan elektr uzatish moslamasi (TP) kuchlanishi yuqori ekanligi, ushbu holat esa ayniqsa kuz-qish mavsumida aholiga turli noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Dang‘ara ko‘chasiga alohida elektr uzatish moslamasi (TP) va qo‘shimcha 12 ta simyog‘och o‘rnatilishi zarurligi yuzasidan tegishli tashkilotlarga "deputatlik so'rovi" yuborilishi borasida kelishib olindi.

Tadbir davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda mahallalarda munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6