Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda deputatlardan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida “Toza hudud” DM Boyovut tumani filiali faoliyati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, sanitariya-tozalash infratuzilmasi, aholiga xizmat ko‘rsatish holati, debitor qarzdorlik, chiqindilarni joylashtirish hududlari hamda Qonun talablariga rioya etilishi holati tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunning ayrim moddalari ijrosida qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan,
➖ 6 ta mahallada xizmat ko‘rsatishda uzilishlar mavjudligi;
➖ maxsus texnikalarning yetishmasligi va ayrim texnikalar taʼmirtalab holatdaligi;

Qonunning 22-moddasida chiqindilarni yig‘ish, saqlash va tashish ishlari sanitariya va ekologik talablar asosida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, mavjud maxsus texnikalarning yetishmasligi, 2 ta texnikaning taʼmirtalab holatdaligi hamda konteynerlar soni yetarli emasligi xizmat sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, Qonunning 26-moddasiga muvofiq chiqindilar hisobi va monitoringi yuritilishi lozim bo‘lsa-da, debitor qarzdorlik va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq maʼlumotlarni tizimli yuritish hamda tahlil qilish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur tashkilotga yangi rahbar tayinlangan bo‘lib, u tomonidan mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xizmat sifatini yaxshilash hamda ish faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi maʼlum qilindi.

Slide 1 of 10