Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan hududdagi yoshi ulug‘ nuroniylar hamda faxriy ustozlar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida uzoq yillar davomida jamiyat ravnaqi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va mahalla hayotida faol ishtirok etib kelayotgan nuroniylar hamda fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlarga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Samimiy suhbatlar jarayonida keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi, bosib o‘tgan ibratli yo‘li hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tuman Kengashi deputati tomonidan nuroniylar va faxriy ustozlarning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekani, ularning hayotiy tajribasi hamda duolari yoshlar uchun doimo katta maktab bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.