Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va Kengash deputati S.Bekmurodova tomonidan Kengash qaroriga asosan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Zomin tuman sport maktabining suzish havzasini ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Shuningdek, mazkur sport inshootida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ularning samarali foydalanilishi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ul tashkilot vakillariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda sifat talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish va ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 7