Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Oila muqaddasligi — jamiyat barqarorligi asosi

Oila muqaddasligi — jamiyat barqarorligi asosi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna tomonidan “Ma’rifat va Ziyokor” mahallasida oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan bir nechta oilalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyatning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Deputat Hasanova Gulshan Zokirovna tomonidan har bir murojaat va muammoga alohida yondashilib, tomonlarning fikrlari tinglandi hamda hayotiy misollar orqali oilani asrab qolishning ahamiyati tushuntirildi. Olib borilgan samarali muhokamalar natijasida 2 ta oila yarashtirilib, ularning kelgusida ahil va totuv hayot kechirishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir mahallada tinchlik va barqaror oilaviy muhitni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamiyatda oila qadriyatlarini mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.