Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘quv sharoitlari o‘rganildi

Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘quv sharoitlari o‘rganildi

Navoiy shahrida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish maqsadida o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ushbu jarayonda Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Erkin Navro‘zov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirovlar Navoiy shahrida joylashgan 2-maktabga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida maktabning sinf xonalari, o‘quv zallari va boshqa ta’lim uchun mo‘ljallangan xonalar ko‘zdan kechirildi. Ta’lim muassasasidagi mavjud imkoniyatlar va o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, ayrim sinf xonalarida joriy ta’mir talab etiladigan joylar mavjudligi aniqlandi. Mas’ullar tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan muhim amaliy qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Slide 1 of 8