Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman hamda Sirdaryo viloyat Kengashlari deputatlari X.Berdiyarova va M.Xasanovalar tomonidan “Olmazor” mahallasida mahalla “yettiligi” vakillari hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, mahalladagi oilaviy shifokorlik punktining ta’mirtalab holatga kelib qolgani yuzasidan tuman Kengashi deputati X.Berdiyarova tomonidan ushbu masala bo‘yicha tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgani hamda olingan javobga ko‘ra obyekt tegishli dasturga kiritilgani haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, viloyat Kengashi deputati M.Xasanova tomonidan tuman “Suvta’minot” korxonasiga “Olmazor” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha saylovchilarga batafsil ma’lumot taqdim etilishi lozimligi ta’kidlandi.

So‘ngra mas’ul xodimlar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5