Mazkur jarayon doirasida Yunusobod tumanidagi Bog‘i Eram MFY hududida joylashgan bolalar o‘yingohi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida bolalar o‘yingohi ta’mirtalab holatda ekani, mavjud jihozlarni yangilash va hududni obodonlashtirish zarurligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy o‘yin maydonchasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
Bolalar uchun munosib sharoit yaratish — yosh avlod salomatligi, tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan muhim e’tibordir.
Bizni kuzatishda davom eting!