Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

27-Kamolot saylov okrugidan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov Zarafshon shahridagi “A.Navoiy”, “Konchilar”, “Quruvchi”, “Oltin vodiy” va “O‘zbekiston” MFY vakillari, mahallalar yettiligi, hududdan saylangan shahar Kengashi deputatlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Q.Sanaqulovning o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng, kun tartibida saylovchilar bilan ishlash, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, amalga oshirilayotgan drayver loyihalarning bajarilishi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha vazifa va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

- Bizning beshta mahallamizda 9,2 mingdan ortiq oila istiqomat qiladi. Ularning aksariyat ishli, kombinat bo‘linmalarida ishlaydi. Viloyat va shahar Kengashlariga saylangan deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari muammolarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda. Bugungi uchrashuvda ham saylovchilar tomonidan ijtimoiy hayotni yaxshilashga taalluqli bir qator murojaatlar kelib tushdi. Aksariyati joyida hal etilib, ijrosi nazoratga olindi, - deydi “Konchilar” MFY raisi Dilnoza Suvonova.

Uchrashuvda shaharda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar taqdimoti bilan tanishtirildi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bir qatorda, aholi farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi va qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Slide 1 of 1