Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar

Bugun mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi hamda bir guruh deputatlar tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi.

🔍Deputatlar markazda kitobxonlar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, quyidagi masalalarni atroflicha o‘rganishdi:

📚 Kutubxonadagi mavjud badiiy, ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek, yangi kelgan kitoblar zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

💻 Axborot-kutubxona markazining elektron kutubxona tizimi, kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va internet tarmoqlaridan foydalanish darajasi tahlil qilindi.

👥 Mutolaa zallarining jihozlanishi, yoritish tizimi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ko‘zdan kechirildi.