Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
TUMAN KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–402-sonli qarorining Qumqo‘rg‘on tumanidagi ijrosi bo‘yicha 2026-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Xolto‘rayev Farhod Jumanazarovichning hisoboti tinglandi.

Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi ekopolitsiyasining Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri moboynida atrof-muhitni asrash hamda “Yashil makon” umumilliy loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi ekopolitsiyasining  tuman bo‘limi boshlig‘i Raxmanov G‘ayrat Irgashevichning hisoboti tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-sonli “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Cho‘tboyev Umid Ne’matulla o‘g‘lining hisoboti hamda sessiya ishida boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9