Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
🔰SAYYOR QABUL.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputatlar Sh.Umarov, Sh.Azimov, N.Xosilmurodovlar tomonidan O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax shahridagi “Kimyogar” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etishdi. 

Mazkur tadbirda shahardagi 34 ta mahallalardan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq fuqarolarning 73 ta murojaati ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida 205 ming nafardan ko‘proq aholi istiqomat qilayotgan Jizzax shahrida ko‘pchilikni tashvishga solayotgan elektr energiyasi va ichimlik suvi taʼminoti, ichki yo‘llarni taʼmirlash, aholi bandligini taʼminlash, “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimini yaxshilash, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun o‘quv kurslari tashkil etish kabi dolzarb muammolar bilan bir qatorda, ishga joylashish, sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam ko‘rsatish kabi fuqarolarning shaxsiy masalalari ham mutasaddi va mutaxassilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Aholi murojaatlarining 32 tasi shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi. Ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi. Qo‘shimcha vaqt talab etadigan masalalar esa deputatlar va masʼullar nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 5