Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi” faoliyati yuzasidan monitoring tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Monitoring davomida markazda voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam xizmatlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammoli oilalar bilan ishlash hamda profilaktik va reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Deputat Vasila Alimova markazda yaratilgan shart-sharoitlar, mutaxassis xodimlarning faoliyati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda voyaga yetmaganlarni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📚 O‘rganishlar davomida bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy himoyasi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ayrim kamchilik va yechimini kutayotgan masalalar ham aniqlandi.

📉 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda voyaga yetmaganlarning manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🤝 Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Monitoring yakunida deputat Vasila Alimova markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va har bir bolaning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6