Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan 15-Nodira saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Murodov Yusup Hamroyevich tomonidan “Yangiariq” mahallasida hududdagi kriminogen vaziyat va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor mahalladagi osoyishtalikni ta’minlash, ayniqsa, jinoyatchilik ko‘rsatkichlariga ko‘ra "qizil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda huquqbuzarliklarni barvaqt bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga qaratildi.
Deputat Y.Murodov mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, tungi nazorat reydlari va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar holati bilan tanishdi.
Suhbat davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni jilovlash, xususan, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish, internet firibgarligi (kiberjinoyat) qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan aniqlangan masalalar va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida hududdagi profilaktika inspektorlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda zaruriy nuqtalarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish masalalarida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.
“Yangiariq” mahallasini jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasidagi hamkorlikdagi ishlar deputat nazoratida davom etadi.

Slide 1 of 3