Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi

🖥 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan Do‘stlik mahallasi Ravnaq ko‘chasida ichimlik suvi quvurining shikastlangani yuzasidan fuqarolar murojaati asosida o‘rganish olib borilib, masala bo‘yicha Sirdaryo Suv ta’minoti AJ Guliston shahar bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🔎 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi tashkilot tomonidan amaliy ishlar olib borildi. Xususan, Ravnaq ko‘chasi 94-uy ro‘parasidagi shikastlangan ichimlik suvi quvuri to‘liq ta’mirlanib, sizib chiqayotgan suv oqimi bartaraf etildi.

✅ Natijada ichimlik suvi isrof bo‘lishining oldi olindi, yo‘l va atrof hududdagi noqulayliklar bartaraf etildi hamda hududning sanitariya holati yaxshilandi.

🤝 Fuqarolar murojaatiga befarq bo‘lmay, muammoning qisqa muddatda hal etilishiga ko‘maklashgan barcha mas’ul tashkilot vakillariga minnatdorlik bildiriladi.

📌 Aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida ko‘tarish va ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3