Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur deputatlik so‘rovi Yakkasaroy tumani “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida shakllantirilgan. Aholi murojaatlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurligi ta’kidlangan.

📍 O‘rganishlar davomida “Muqimiy” MFY hududidagi Saddi Sirojiddinova ko‘chasida joylashgan Jome’ masjidi oldida, shuningdek Saddi Sirojiddinova va Komil Yashin ko‘chalari kesishmasida piyodalar harakati yuqori ekani hamda ushbu hududlarda yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelish ehtimoli mavjudligi qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida mazkur hududlarda piyodalar o‘tish yo‘laklarini belgilovchi 1.14.1 va 1.14.2 yo‘l chiziqlarini chizish, shuningdek piyodalar o‘tish joylarini ko‘rsatuvchi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilarini o‘rnatish orqali aholi uchun xavfsiz muhit yaratish masalasini o‘rganib chiqish so‘ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yildi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1