Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 14-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat M.Ravshanova tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, pedagog xodimlarning faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qonun talablari asosida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5