Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan okrugdagi “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Suhbat davomida ma’lum qilinishicha, 2026-yilda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga 69 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, shundan 30 nafarining bandligi ta’minlangan, 12 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan hamda 4 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilgani aytib o‘tildi.Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash,
ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2