Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati E.Erkaboyev tomonidan Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy va kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yangi 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, o‘quvchilarni saralash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglanib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3