Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI

Karmana tumani Narpay hududida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat, tuman hokimi Shohrux Boltayev boshchiligida fuqarolar uchun ommaviy qabul tashkil etildi.

Qabulda 500 nafardan ortiq karmanalik fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar tuman hokimi-deputat, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tuman DSI rahbarlari tomonidan alohida tinglandi.

Shuningdek, 300 nafardan ortiq tadbirkor va korxona rahbarlari ham murojaatlari bilan qatnashdi. Murojaatlarning asosiy qismini tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yer ajratish, kredit olish, infratuzilma va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.

Qabul davomida ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Tuman rahbariyati tomonidan har bir murojaatni atroflicha ko‘rib chiqish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolar roziligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2