Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i Q.Ibragimovning hududda ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasi hamda ekologik qonunchilik ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Hisobot davomida noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hududda o‘tkazilgan reyd tadbirlari, aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan ko‘rilgan choralar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan ekologik muammolarni bartaraf etish, noqonuniy chiqindi poligonlariga qarshi kurashish, suv xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar hamda tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 3