Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
"9-may — Xotira va qadrlash kuni"
"9-may — Xotira va qadrlash kuni"

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari S.Qosimov hamda N.Chorshanbiyeva tomonidan Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi Afg‘on urushi qatnashchisi, mehnat faxriylari hamda mahalla nuroniylarining holidan xabar olindi.

️ Tashrif davomida faxriylar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, yoshi ulug‘ insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash hamda holidan muntazam xabar olib turish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan ekani ta’kidlandi.

️ Deputatlar tomonidan faxriylarga bayram tabrigi va ezgu tilaklar yetkazilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Faxriylar esa o‘z navbatida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va hamjihatlik muhitining qadriga yetish lozimligini qayd etdilar.
️Mazkur tashrif “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘lib, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tibor namunasi sifatida e’tirof etildi.
Slide 1 of 3