Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
“9-may — Xotira va qadrlash kuni”

“9-may — Xotira va qadrlash kuni”

Xotira — bu unutilmas qadriyat, qadrlash esa insoniy burchdir. Har bir yurtda, har bir oilada o‘tganlar xotirasi muqaddas sanaladi. Ularni yod etish orqali biz o‘z tariximizni, milliy o‘zligimizni asraymiz. Keksalarimizni e’zozlash, faxriylarimizni qadrlash — bu nafaqat bugunning, balki kelajak avlodlar uchun ham ibratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi “9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Sariosiyo tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Odiljon Yaqubov hamda xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputatlari S.Qosimov, A.Ro‘ziyev ishtirokida tumanning Ehtirom mahallasida istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriysi, 1924-yilda tug‘ilgan 102 yoshli Niyazov Sa'dullo boboning hamda tumandagi boshqa faxriylarning holidan xabar olindi.

Ular 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etilib, hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi tilab duo qildilar hamda davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Slide 1 of 3