Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xonadonbay o‘rganishlar — aholi muammolarini manzilli hal etish yo‘lida

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis A.Adxamov tomonidan “Urganchibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim O.Isanovaning ish faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ishchi guruh vakillari mahallaning “So‘limbog‘” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Xamroqulova xonadoniga tashrif buyurib, uning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash holatini atroflicha o‘rgandilar.

Suhbat jarayonida fuqaroning mavjud muammolari, turmush sharoiti va xonadondagi ehtiyojlar yuzasidan fikr almashilib, ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra N.Xamroqulova yashash xonadonida ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirild.

Ta’kidlanganidek, mahallabay va xonadonbay ishlash tizimi orqali aholining real muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8