Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
“Jannatmakon” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar o‘rganildi

“Jannatmakon” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar o‘rganildi

️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shamsutdin Oripov, tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda tuman Kengashi deputati Sh.Davlatov tomonidan tumandagi “Jannatmakon” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo'yicha "mahalla yettiligi" faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

️ O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, profilaktik tadbirlar hamda mahalla darajasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

️ Shu bilan birga, mahalla hududida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, profilaktik ko‘riklar o‘tkazilishi, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlari ham o‘rganildi. Aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish darajasi, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan joyida tahlillar olib borildi.

️ O‘rganish davomida ayrim kamchiliklar, jumladan, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

️ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, mahalla yettiligi hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4