Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Murojaat o‘rganildi

 Murojaat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Hajiboy Ibragimov Chamanzor mahallasi Ravshonlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Oyposhsha Shamuratovaning murojaati yuzasidan joyiga
chiqib o‘rganish ishlari olib bordi.
 

O‘rganish jarayonida mahalla hududidan o‘tuvchi 2 ta zaxkashning bir qismi ko‘milib qolganligi oqibatida aholi xonadonlariga zax chiqayotgani hamda daraxtlarning qurish holatlari kuzatilayotgani aniqlandi. 

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlar hududga chaqirilib, mavjud muammoning haqiqiy holati bilan tanishtirildi. Shuningdek, ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilishi ma’lum qilindi. 

Fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini ta’minlash hamda hududlardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.  

Slide 1 of 1