Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
“Alpomish” mahallasida PQ-141-sonli qarori asosida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 20-Qozoyoqli saylov okrugidan saylangan deputat Musayev Lazizjon va tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamkorlikda tumandagi “Alpomish” mahallasiga borib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib borishdi.

Dastlab, loyiha asosida mahalladagi 37-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, xususan 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 50 o‘rinli oshxona qurilishi jarayonlari atroflicha o‘rganildi. Qurilish maydonida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va qurilish materiallarining talab darajasida ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2