Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputatlar tomonidan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshshlar maslahat guruhi a’zolari hamkorligida tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining faoliyati, tashkiliy masalalar, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda hamkorlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Amaliy ishlar yuzasidan hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash maqsadida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” bilan ishlash samaradorligi, ishsiz yoshlarni bandlikka yo‘naltirish hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, ta’limdan uzilgan yoki migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman rahbarlari bilan muntazam muhokamalar o‘tkazilishi, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosida uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3