Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Bo‘stonliq tumanining olis hududlaridan biri – “Pskom” mahallasida “Pskom – asrlarga teng qadimiy qishloq” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi-deputat J.Axmedov, tuman Kengashi deputatlari, mehnat faxriylari, nuroniylar, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

🔺Tadbirda keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi, avlodlar o‘rtasidagi hurmat va birdamlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. So‘zga chiqqan faxriylar tinchlikning qadriga yetish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilm olish va kasb-hunar egallashning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

🔺Shuningdek, tuman rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylar va jamoatchilik faollariga hurmat ko‘rsatilib, tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar va madaniy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Slide 1 of 4