Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
#24-tavsiya _bo'yicha

#24-tavsiya _bo'yicha

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulovlar tomonidan 23-Tallashqon saylov okrugida joylashgan ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganish jarayonida maktab jamoasi bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning faoliyati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim tizimidagi yangiliklar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, maktab direktori tomonidan yangi baholash mezonlari va ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Undan so‘ng maktab kutubxonasi faoliyati ham o‘rganilib, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, xorijiy tillarni zamonaviy monitoring va innovatsion usullar asosida o‘qitish jarayonlari ham Kengash raisi tomonidan ko'zdan kechirildi.


O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1