Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
Kengash raisi tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Kengash raisi tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Karvon mahallasida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasasida bunyod etilayotgan qo‘shimcha 120 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda zamonaviy sport zali qurilishining yakuniy bosqichlari bilan tanishildi.


Ta’kidlanganidek, ushbu bunyodkorlik ishlari yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, zamonaviy sport zali o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.


Kengash raisi tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1