Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva hamda Angor tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Farxod Raxmonov bilan birgalikda Angor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva hamda Angor tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Farxod Raxmonov bilan birgalikda Angor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, ularning kelajakdagi maqsad va intilishlari, shuningdek mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha suhbat olib borildi.

Tadbirda maktabning 9 nafar bitiruvchisining muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgani alohida e’tirof etilib, bu yutuq yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning amaliy natijasi ekani deputat tomonidan ta’kidlandi.

Deputat Sevara Yuldosheva yoshlarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli, tashabbuskor hamda jamiyat taraqqiyotiga daxldor bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning orzu-intilishlariniqo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, deputatlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1