Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Egamovlar ishtirokida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati muhokama qilindi. Shundan so‘ng mutasaddilar tomonidan Ko‘rkam diyor MFY hududida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarga ajratilgan 11,5 gektar yer maydoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ushbu yer maydonlarida 5 gektarda oshqovoq, 4 gektarda qovun, shuningdek makkajo‘xori, loviya hamda boshqa dukkakli ekinlar yetishtirilayotgani aniqlandi. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaini shakllantirish va tomorqachilikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 7