Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar birgalikda “Murg‘ak” mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida chiqindilarni yig‘ib olib ketish ishlari ayrim ko‘chalarda belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayotgani, natijada chiqindi to‘planib qolishi va aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar ishtirokida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni muntazam ravishda olib chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputat va mutasaddilar tomonidan aholi murojaatlari doimiy nazoratda bo‘lib, mahallada tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3