Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova tomonidan saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Rabot qishlog‘i aholisi tomonidan uzoq yillardan buyon dolzarb muammo sifatida bildirib kelinayotgan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi deputat e’tiboriga olindi. Mazkur murojaat asosida “Buxorosuvta’minoti” AJ Jondor tumani filiali direktori O.Olimov bilan hamkorlikda hududda o‘rganish ishlari olib borilib, qishloqqa yangi ichimlik suvi quvurlarini yotqizish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar boshlandi.
Ayni paytda hududda maxsus texnikalar jalb qilingan holda quvur tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa kelgusida aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Deputat O.Muzaffarova tomonidan mazkur masala ijrosi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida “Buxorosuvta’minoti” AJ Jondor tumani filiali direktori O.Olimov nomiga deputat so‘rovi yubordi.
Aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va inson qadrini ulug‘lash yo‘lida bunday amaliy ishlar izchil davom etadi.

Slide 1 of 3