Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Oltinsoydagi “Mulloli” ko‘chasi qachon ta’mirlanadi? Deputat aholi muammosini ko‘tarib chiqdi

Mazkur muammo yuzasidan Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Nargiza Abdig‘apporovna Choriyeva tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Mo‘minovga rasmiy deputat so‘rovi yubordi.
Loy ko‘chalar va chang-to‘zon: Deputat so‘rovida qayd etilishicha, “Mulloli” ko‘chasining yo‘l qismi jiddiy darajada
eskirgan. Bu holat hududning infratuzilma darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda:


· Yog‘ingarchilik kunlarida:
Yo‘l loyga botib, piyodalar va transport vositalari harakatlanishi uchun deyarli yaroqsiz holga keladi.


· Issiq va quruq havoda:
Kuchli chang-to‘zon ko‘tarilib, aholi, ayniqsa, yosh bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.


Mahalla ahlidan ushbu masala yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushganini inobatga olib, xalq vakili muammoga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

3 kilometrlik yo‘lni toshlash talab etilmoqda

Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputat N. Choriyeva tuman hokimligidan “Barkamol avlod” mahallasidagi “Mulloli” ko‘chasining 3 kilometrlik qismini toshlash bilan ta’mirlash choralarini ko‘rishni so‘ragan.


Shuningdek, ushbu so‘rovni mahalla “yettiligi” va deputat ishtirokida qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, natijalari haqida ma’lumot taqdim etishi so‘ralgan.
 

Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 3