Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati G.Raxmatova tomonidan shahardagi mahallalar uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni (2012-yil 26-aprel) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, bandlikni ta’minlash hamda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlari;
hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi;
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi;
tegishli hujjatlar yuritilishi va mavjudligi tahlil qilindi.

Shuningdek, faoliyatga oid hisobotlar, ro‘yxatlar hamda boshqa zarur hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda mahallalarda tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari fuqarolar bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4