Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
DAYJEST (12-15-may 2026 yil)


💎 12 may — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Yangi makon” OFYda ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tunda yoritilishi hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini o‘rgandi.

💎 13 may —
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxamatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Do‘stlik” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

💎 14 may — O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Keneges” OFYda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

💎 15 may — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar hududlardagi infratuzilmani yaxshilash, aholi muammolarini o‘rganish, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.