Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda atroflicha muhokama qilindi.

Xususan:
🔹 tumanda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda daraxtlar muhofazasini tashkil etish borasida olib borilgan ishlar;
🔹 elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, yer maydonlaridan samarali foydalanish, ekinlarni parvarishlash hamda sohani rivojlantirish yuzasidan mas’ul ташкилотlarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tanqisligining oldini olish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar belgilab berildi

Slide 1 of 2