Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.

Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.

Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi raisi Shuhrat Yangiboyevich Normuhammedov tomonidan tumandagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida navbatdagi ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirildi.
Bu galgi manzil — Jeynov qishloq shifoxonasi bo‘ldi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi ikki muhim yo‘nalishga qaratildi:

1. Bepul dori-darmon ta’minoti
Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va ma’lum turdagi kasalliklar bo‘yicha ajratilgan bepul dori-darmonlarning tarqatilish holati ko‘zdan kechirildi.
Dori vositalarining zaxirasi va ularning muddati;
Bemoorlarga dori tarqatish shaffofligi;
Apteka va omborxonalardagi saqlash sharoitlari tahlil qilindi.

2. Tibbiy xizmat sifati va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va tezkorligi masalasi shifoxona ma’muriyati hamda bemorlar bilan suhbat jarayonida muhokama qilindi.
Tibbiyot xodimlarining navbatchilik grafiklariga rioya etishi;
Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar (palatalar tozaligi, issiqlik tizimi);
Murojaat qilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan yordam darajasi o‘rganildi.

Xulosa o'rnida: O'rganish yakunlari bo'yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat ko'rsatish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1